Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-05-02

Qozog‘istonda ilk quyosh elektrostansiyasi ishga tushdi

Karvonsaroy

OQTOV, Qozog‘iston – 1-may, seshanba kuni Mangʻistau viloyatida Qozog‘istondagi birinchi quyosh elektrostansiyasi foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi Kazinform viloyat hokimiyatining matbuot xizmatiga asoslanib.

Munayli tumanidagi stansiyaning ochilishi Qozog‘istonda Xalq birdamligi kuniga to‘g‘ri keldi. Bu mamlakatda shu turdagi yagona elektrostansiya hisoblanadi.

36 gektar maydonni egallagan quyosh elektrostansiyasi mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan 8000 ta quyosh paneli bilan jihozlangan. U yiliga 3500 kVt/soat yashil energiya ishlab chiqara oladi, bu 300 ta xonadon uchun yetarli. Maksimal ishlab chiqarish quvvati esa 2 MVt ga teng.

Stansiya “Biznes yo‘l xaritasi - 2020” dasturi doirasida bunyod etildigan.

Asosan ko‘mirga boy shimoliy viloyatlarda joylashgan ko‘mir elektrostansiyalari Qozog‘istondagi energiya ehtiyojining 85 foizini ta’minlaydi. Mamlakat uglevodorodlardan voz kechishga harakat qilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha