Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-05-02

Tojikistonda nogironlarning huquqiy bilimi va kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyiha ishga tushdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 4-may, juma kuni Dushanbe shahrida Tojikiston hukumati imkoniyati cheklangan yosh fuqarolarga ko‘maklashuvchi loyihani amalga oshirishga kirishdi, deb xabar beradi Asia-Plus.

1-aprel kuni ish boshlagan “Tojikistonda ijtimoiy o‘zgarishlar va inklyuziv ta’limga ko‘maklashish” nomli loyihani 2020-yilga qadar amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Uning umumiy qiymati 690 ming yevroga (7,3 million tojik somoniysi) teng, shundan 10% Germaniya hukumati va qolgan 90 foizi Yevrpoa Ittifoqi tomonidan ajratilgan.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad – imkoniyati cheklangan tojik yoshlarining kasbiy ta’limini yaxshilash va ularga o‘z huquqlari haqida saboq berishdir.

Juma kuni o‘tkaziladigan tadbirda loyiha maqsadlari haqida keng jamoatchilikni xabardor etish va potensial hamkorlarni jalb etish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirda Tojikiston hukumati vakillari, mahalliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar hamda OAV xodimlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Loyiha Bonn shahridagi Deutscher Volkshochschul-Verband e.V. (DVV International) tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

DVV International tashkiloti Tojikistonning katta yoshdagilar ta’lim uyushmasi hamda “Ishtirok” nogiron ayollar birlashmasi bilan hamkorlikda nogironlarni mehnatga jalb etish imkonini beruvchi kasbiy mahorat kurslarini tashkillashtirishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, germaniyalik tashkilot Mehnat, bandlik va migratsiya vazirligi, Rasht, Panjakent hamda Dushanbe hokimliklari bilan birgalikda vazirlikning 36 ta kattalar uchun ta’lim markaziga mo‘ljallangan sinov o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqadi.

Nogironlar huquqlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyasini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha