Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-05-03

AQSH Ostonaning “yashil xalqa” kampaniyasini qo‘llab-quvvatlamoqda

Karvonsaroy

OSTONA – 3-may, payshanba kuni AQSH diplomatlari Ostonada shaharni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan kampaniyani qo‘llab-quvvatlash uchun daraxt ekish marosimida qatnashdilar, deb xabar berdi Kazinform nashri.

AQSHning Qozog‘istondagi elchisi Jorj Krol mamlakat poytaxti atrofida yashil xalqa yaratish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. U Ostonadagi AQSH elchixonasi o‘tgan uch yil davomida o‘z hududida 400 ta daraxt ekkanini qo‘shimcha qildi.

Bu daraxtlar ichida qarag‘aylar, qayinlar va hatto Shimoliy Dakotadan olib kelingan bitta eman bor, dedi u.

Krol o‘tgan yil yozda EXPO-2017 xalqaro yarmarkasi davomida AQSH kongressmeni hadya qilgan 30 ta eman daraxti haqida eslatib o‘tdi. Ayrim ko‘chatlar Ostonadagi botanika bog‘iga ekilgan, dedi u.

Jorg Krolga ma’lum qilishicha, AQSH Qishloq xo‘jaligi departamenti xodimi Qo‘shma Shtatlar va Qozog‘iston o‘rtasidagi, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarni kuchaytirish maqsadida tuzilgan shartnomalar asosida elchixona jamoasiga qo‘shilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha