Karvonsaroy

Qozog‘istonda Vatan himoyachilari kuni harbiy parad va tantanalar bilan nishonlandi

Karvonsaroy

OTAR, Qozog‘iston – 7-may, dushanba Qozog‘istonda Vatan himoyachilari kuni butun mamlakat bo‘ylab paradlar, konsertlar, tomosha va festivallar bilan keng nishonlandi, deb xabar beradi Kazinform.

Jambil viloyatidagi Otar harbiy bazasida 3 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 300 dan ziyod harbiy texnika va 40 samolyot ishtirokida milliy bayramga bag‘ishlab parad o‘tkazilgan.

Jambildagi bayram tadbirlarida qatnashgan prezident Nursulton Nazarboyev parad oldidan nutq so‘zladi.

“Qurolli kuchlarimiz xavfsizligimiz kafolati, mamlakatimiz suvereniteti va yurt tinchligining mustahkam tayanchidir”, dedi prezident.

“Bugun Qozog‘iston armiyasi mamlakat mustaqilligini ishonch bilan himoya qilmoqda. BMT shafeligida jahonda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim vazifalarni bajarmoqda”, dedi u.

Nazarboyev “bugungi kundagi siyosiy voqelik har qanday holatga tayyor turishni taqozo etishi” sabab, yaxshi qurollangan va tayyorgarlikdan o‘tgan armiyaning muhimligi ta’kidladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500