Karvonsaroy

11 mingga yaqin qirg‘izistonlikning Rossiyaga kirishi taqiqlandi

Karvonsaroy

BISHKEK – O‘tgan yili Qirg‘izistonning 10 179 nafar fuqarosi yaqin uch yil davomida Rossiya hududiga qayta kirish huquqidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat migratsiya xizmati rahbarining o‘rinbosari Almazbek Asanbayev jurnalistlarga ma’lum qilgan, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Bunday choraning qabul qilinishiga Qirg‘iziston fuqarolarining migratsiya xizmatlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tmagani sabab bo‘lgan. U bugungi kunda 72 ming nafar qirg‘izistonlik Rossiyaning qora ro‘yxatida ekanligini qo‘shimcha qilgan.

“Ushbu muammoni qonuniy yo‘l bilan hal etish uchun ko‘plab ma’lumotnomalar, resurslar va turli kompaniyalar bor”, deydi Asanbayev.

Bu orada, Vladimir Putin to‘rtinchi bor prezidentlik muddatini o‘tash uchun Kremlga qaytayotgan bir vaqtda, minglab rossiyaliklar o‘zlari uchun chet eldan boshpana izlamoqdalar.

2017-yilda AQSH hukumatiga boshpana berish so‘ralgan 2664 ta yangi ariza kelib tushgan. Bu o‘tgan yildagidan 39 foizga ko‘p.

Rossiyaliklardan kelib tushgan arizalar 2012-yilga nisbatan 2 barobar ortgan. O‘sha yili Putin 4 yil davomida bosh vazir bo‘lganidan so‘ng, uchinchi marotaba prezident etib saylangan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500