Karvonsaroy

Tojik-afg‘on chegarasida yangi post ochildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – BMTning narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (UNODC) Dushanbedagi Yaponiya elchixonasining moliyaviy ko‘magida Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegara hududida yangi blok postni ishga tushirdi, deb xabar beradi Asia-Plus dushanba, 7-may kuni.

Tag‘nob chegara postining ochilish marosimi shanba, 5-may kuni bo‘lib o‘tdi.

Tag‘nob chegara posti 1344 kilometrlik tojik-afg‘on cherasida BMTning narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi ko‘magida bunyod etilgan sakkizinchi obyektdir.

Ushbu chegara postlari BMT boshqarmasining 1999-yilda boshlangan Tojik-Afg‘an chegarasini mustahkamlashga qaratilgan loyihasi doirasida barpo etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500