Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-05-08

Qirg‘izistonda YIga eksportni rag‘batlantirishga qaratilgan biznes-forum o‘tkaziladi

Karvonsaroy

OROL QISHLOG‘I, Qirg‘iziston – Markaziy Osiyo tashkilotlari konsorsiumi 12-13-may kunlari Qirg‘izistonning Orol qishlog‘ida Yevropa Ittifoqiga (YI) meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishga bag‘ishlangan biznes-forumni o‘tkazadi, deyiladi Qirg‘izistondagi YI delegatsiyasining seshanba, 8-may kuni e’lon qilgan bayonotida.

YI bayonotiga ko‘ra, forum “Farg‘ona vodiysining meva-sabzavot eksporti uchun afzalliklari” deb nomlanadi.

Ushbu anjumanda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini namoyish qiladilar. Ular xalqaro xaridorlar, chakana sotuvchilar va distribyutorlar bilan aloqa o‘rnatish, logistika va yetkazib berishni muhokama qilish, shartnomalar hamda hamkorlik memorandumlarini imzolash imkoniga ega bo‘ladilar.

Tadbir Avstriyaning Hilfswerk International nodavlat tashkiloti rahbarligidagi konsorsium tomonidan tashkil etilmoqda. U YI va BMTTD qo‘llab-quvvatlayotgan loyihaning bir qismi bo‘lib, Markaziy Osiyoda eksport uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Сизга мақола ёқдими?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha