Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-05-09

Markaziy Osiyo mamlakatlari G‘alaba kunini nishonladi

Karvonsaroy

OSTONA – Chorshanba, 9-may kuni Markaziy Osiyo mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 73 yilligini nishonlash va urushda qurbon bo‘lgan vatandoshlarni xotirlash uchun minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi.

Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlarda G‘alaba kuni 1945-yilda natsist Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba munosabati bilan milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Qozog‘istonda urush qatnashсhilarining avlodlari va Ostona aholisi poytaxtda G‘alaba kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Jaujurek Polk” (Barhayot polk) yurishida ishtirok etdilar. Ishtirokchilar ajdodlarining suratlarini ko‘tarib o‘tishdi va qozoq qo‘shiqlarini kuylashdi, deb xabar beradi Kazinform nashri.

AQSHning Qozog‘istondagi elchisi Jorj Krol chorshanba kuni e’lon qilingan videolavhada mamlakat faxriylariga hurmat-ehtiromini izhor etdi.

“Muhtaram faxriylar! Men Qozog‘istondagi AQSH diplomatik missiyasi nomidan sizlarni ushbu G‘alaba kuni bilan tabriklayman va sizlarga chuqur hurmatimni izhor etaman. Biz sizning jasoratingiz va vatanparvarligingizni qadrlaymiz! Sizdan minnatdormiz!”, dedi Krol qozoq tilida.

“Biz sizga ta’zim qilamiz”, dedi u.

Qirg‘izistonda prezident Sooronbay Jeenbekov Bishkekda minglab fuqarolar va poytaxt mehmonlari ishtirokida G‘alaba kuni marshida qatnashdi, deb xabar beradi AKIpress.

O‘zbekistonda ushbu kun mamlakat bo‘ylab konsertlar va bayram tadbirlari bilan nishonlandi, deb xabar berdi UzDaily nashri.

Urushda 500 mingdan o‘zbekistonlik halok bo‘lgan va yana ko‘pchilik bedarak yo‘qolgan. Qolganlar esa nogiron bo‘lib uyga qaytgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etgi. U yerda Ikkinchi jahon urushi davri qurol-aslahalari va harbiy texnikasining tarixiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Prezident barcha faxriylarni qutlar ekan, fashizmni yengishga qo‘shgan hissalari uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 1

Captcha
Temur Malik | 2018-05-11

SSSRga qaytish? Axmoqgarchilik. Bu kun bizda Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan. Bunaqangi masxarabozlik va har tarafga yo‘rg‘alash nega kerak?! Uquvsiz rus generallari endigina tuzilgan Turkiston kavaleriya polklarini nemis tanklariga qarshi yuborganini va beton bunkerlaridan turib yangi askarlarni qirganini unutib bo'larkanmi? “To‘p yemi” ko‘pmidi shunchalik? Nahotki, 1916-yili Birinchi jahon urushiga chaqiriq sababli qo‘zg‘olon qilgan turkistonliklar 25 yil o‘tib, “o‘z xohishlari bilan” urush hududlariga, frontga borishni istagan bo‘lsa? Balki “kuch bilan” zo‘rlab yuborilganlarda 1918-1938 yillardagi “qizil terror”, 1920-1930 yillardagi ocharchilik, NKVD butun boshli oilani “xalq dushmani” deb e’lon qilib, “sabotaj” va “aksil-inqilob tashviqoti” uchun otib tashlashlaridan qo‘rqishgandir? Nima uchun biz Temur, Bobur, Xorazmshohlarning Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, Kavkazdagi g‘alabalarini bayram qilmaymiz, shu davlatlarda o‘sha davrlar bayroq va bunchuklarini ko‘tarib yugurib yurmaymiz?! Chunki bu – axmoqgarchilik. Urushda o‘lgan askarlar suratlari va bizga yot bo‘lgan ramzlar bilan o‘tgan bu masxarabozlik ham axmoqona tuyuladi. Bizda qurbonlarni Qur’on tilovat qilib xotirlaydilar.

Javob berish