Karvonsaroy

Ostonada Qozog‘iston va YI parlamenti a’zolarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Karvonsaroy

OSTONA – 10-may, payshanba kuni Ostonada Yevropa Parlamenti (YP) delegatsiyasi Qozog‘istonlik hamkasblari bilan uchrashdi. Bu haqda Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi (Majilis) matbuot xizmati xabar qildi.

YI-Qozog‘iston parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi payshanba va juma (10-11-may) kunlari uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilmoqda, deyiladi YP bayonotida.

Uchrashuvda o‘tgan yildan beri Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik kengashi a’zosi sifatidagi faoliyati, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va Suriya masalasidagi vositachiligi muhokama qilinadi, deb xabar berilgan Majilis bayonotida.

Kun tartibidan, shuningdek, Qozog‘istondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, investitsion jozibadorlik, energetika xavfsizligi va mintaqaviy hamkorlikni yaxshilash kabi masalalar ham o‘rin olgan.

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kuchaytirish Qozog‘istonning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, deb aytgan Majilis raisi Nurlan Nigmatulin.

YP delegatsiyasi rahbari va qo‘mita hamraisi Iveta Grigule Qozog‘istonning Suriya mojarosini hal qilish va Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qo‘shgan hissasiga yuksak baho berdi.

Bayonotga ko‘ra, u Qozog‘istonning nafaqat Osiyoda, balki butun dunyoda xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini alohida ta’kidlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500