Karvonsaroy

Tojikistonlik fermerlar Yevropaga meva-sabzavot eksport qiladilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – So‘g‘d va Xatlon viloyatlari tadbirkorlari meva-sabzavot yetishtirish va Yevropaga eksport qilish bo‘yicha qiymati 9300 AQSH dollariga (83500 tojik somoniysi) teng bir nechta shartnomalarni imzoladi, deb xabar beradi ASIA-Plus 11-may, juma kuni.

Tomonlar, shuningdek, yaqin istiqbolda amalga oshiriladigan 220 ming AQSH dollarilik (2 million tojik somoniysi) 37 ta shartnomani imzolaganlar.

So‘g‘dlik 23 nafar tadbirkor AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) loyihasi doirasida 60 fermerga hosilni Yevropaga eksport qilishga ko‘maklashish uchun Xatlon vioyatiga tashrif buyurdi. Ekinlar orasida piyoz, o‘rik, xurmo, shaftoli va gilos bor.

AQSH hukumati “Yangi Ipak Yo‘li” tashabbusi doirasida Markaziy Osiyoda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, eksport hamjini oshirish va yangi ish joylari yaratishga intilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500