Karvonsaroy

Mirziyoyev AQSHga ilk rasmiy tashrifini boshlamoqda

Karvonsaroy

TOSHKENT – AQSHga ilk rasmiy tashrifini boshlayotgan O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev seshanba (15-may) kuni Vashingtonga yetib keladi, deb xabar berdi UzDaily.

16-may, chorshanba kuni Mirziyoyevning Oq Uyda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Bu haqda dushanba, 14-may kuni prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Allamjonovga ko‘ra, Mirziyoyevning ikki kunlik tashrifi chog‘ida AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida umumiy qiymati 8,5 mlrd. dollarlik (68 trillion so‘m) 40 dan ortiq hujjat va bitimlar imzolanadi.

Mirziyoyev, shuningdek, AQSH mudofaa vaziri James Mattis va kongress a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Payshanba, 17-may kuni Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan o‘tajak muloqot chog‘ida O‘zbekiston investitsiyalar jalb etish yo‘llari muhokama etilishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500