Karvonsaroy

Qirg‘izistonda emlashdan voz kechish hollari ko‘paymoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonda vaksinatsiyadan bosh tortish bilan bog‘liq holatlar ko‘payib bormoqda. Bu haqda Respublika immunoprofilaktika markaziga asoslanib, 24.kg nashri xabar berdi.

Emlashdan voz kechish diniy sabablar, vaksina sifati va turli manbalardan olingan tavsiyalar bilan bog‘liq. Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, hatto ayrim shifokorlarning o‘zlari ham vaksinatsiyadan voz kechishni taklif qilganlar.

2017-yilda emlashdan voz kechganlarning 47,3 foizi poytaxt Bishkek hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Markazning ogohlantirishicha, “vaksinatsiyadan ommaviy voz kechilishi turli kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin”.

Qirg‘izistonda emlash bepul bo‘lib, GAVI nodavlat tashkiloti va hukumat tomonidan 90% ga 10% nisbatda moliyalashtiriladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500