Karvonsaroy

Sayyohlik mavsumi oldidan Qirg‘izistonda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati turistik mavsum oldidan xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar berdi seshanba, 29-may kuni 24.kg nashri IIVga tayanib.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot organlarining 5000 nafar xodimi, jumladan, 3000 dan ortiq militsiya xodimlari va 2000 ga yaqin tayyorgarlikdan o‘tgan ko‘ngillilar kurortlar va dam olish maskanlarida jamoat tartibini nazorat qiladilar.

Asosiy avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘chma militsiya patrul postlari ham tashkil etilgan.

Sayyohlik mavsumi davomida Bishkek-O‘sh yo‘lidagi Bo‘o‘m darasi va Too Ashuu dovonida 24-soat davomida uzliksiz ko‘chma yo‘l harakati xavfsizligi postlari faoliyat ko‘rsatadi.

Qirg‘iziston Respublikasiga asosiy kirish punktlarida favqulodda yordam xizmatlarining telefon raqamlari bitilgan stikerlar tarqatiladi, bu sayyohlarga zarur bo‘lganda tez yordam mashinalari va qutqarish xizmatlari bilan bog‘lanishga yordam beradi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500