Karvonsaroy

Qozog‘iston fuqarosi Ukrainadagi rossiyaparast ayirmachilar safida jang qilganlikda ayblandi

AFP

QARAG‘ANDA, Qozog‘iston – Qozog‘iston sudi chorshanba, 30-may kuni Ukrainada Markaziy Osiyo mamlakatining odatiy ittifoqchisi bo‘lmish Rossiya qo‘llab-quvvatlovidagi ayirmachilar safida jang qilgan erkakka hukm o‘qidi.

Qarag‘anda viloyati sudi “xorijdagi qurolli nizoda ishtirok etgani” uchun Nikita Stepinni etti yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb ma’lum qilgan sud matbuot kotibi AFPga.

Bu ishga Qozog‘iston OAVda katta e’tibor qaratildi. Ikki mamlakatning mustahkam aloqalariga qaramay, Qozog‘istonda qo‘shni Rossiyaning sharqiy Ukrainada isyonchilarni qo‘llab-quvvatlanishiga ehtiyotkorlik bilan qaraladi.

Ayblanuvchi, shuningdek Qozog‘istonga qaytganidan keyin sodir etgan ikkita qotillik uchun yana 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu ikki jinoyat uning Ukrainadagi faoliyatiga aloqador bo‘lmagan.

Qozog‘iston jinoyat kodeksiga ko‘ra, u ko‘pi bilan 25 yil qamoq jazosini o‘taydi.

2014-yilning aprel oyida Rossiya Ukrainadan Qrimni ajratib olganidan keyin, Moskva tomonidan qo‘llab-quvvatlangan isyonlar natijasida 10 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Ukraina va uning G‘arbdagi ittifoqchilari Rossiyani nizoni alanga oldirish maqsadida chegaradan askarlar va qurol-yarog‘ o‘tkazishda ayblab keladi.

Moskva nizolardagi ishtiroki va isyonchilarni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashiga oid ko‘plab dalillarga borligiga qaramay, ayblovlarni rad etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Boshimga balo kelmaydi, deb o‘ylama

Javob berish