Karvonsaroy

Qozog‘iston temiryo‘l orqali Rossiya benzini importini taqiqladi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston energetika vazirligi temiryo‘l orqali Rossiya benzini importi 3 oyga to‘xtatilishi haqida e’lon qildi, deb xabar beradi 24.kg nashri payshanba, 31-may kuni.

Vazirlik mazkur chora haqida Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqini (YOII) xabardor qilganini aytgan.

Qirg‘iziston neft savdogarlari uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu vaqtinchalik chora Qozog‘istondagi neftni qayta ishlash zavodlarida olib borilgan modernizatsiya natijasida neft va moylash materiallarining keragidan ortiq yig‘ilib qolgani sababli qabul qilingan.

Ushbu taqiq Qirg‘izistonga ta’sir etmaydi, deb xabar bergan uyushma.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ortiq o‘z qo‘shnimizga qaram bo‘lmasligimiz kerak...

Javob berish

“To‘g‘ri yoldan boryapsiz, do‘stlar! - (birodarlar)” ...

Javob berish