Karvonsaroy

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari Dushanbeda o‘zaro hamkorlikni muhokama qildilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkali Abilg‘oziyev 1-iyun kuni Dushanbeda o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashdi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Ular Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) majlisi doirasida iqtisodiy hamkorlik va chegaralarni demarkatsiya qilish masalalarini muhokama etdilar.

Abilg‘oziyev ikki mamlakat o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro ishonch va strategik hamkorlikka alohida urg‘u berar ekan, 2017-yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida muvaffaqiyatli yil bo‘lganini qayd etdi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25-yil to‘ladigan 2018-yilda ham Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik va hamjihatlikni kengaytirish va kuchaytirish niyatidamiz”, dedi u.

O‘z navbatida Aripov O‘zbekistonning hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidladi.

“Mamlakatlarimiz iqtisodiyotining ravnaqi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishimiz zarur. Hamkorligimizda savdo va iqtisodiy aloqalar ustuvor o‘rin egallashi kerak”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500