Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2018-06-01

Jeenbekov Qirg‘izistonda bolalar xavfsizligini kuchaytirishga va’da berdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hukumat bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga oid sa’y-harakatlarni kuchaytirishini aytdi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

U Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida shu haqda ma’lum qilgan.

Ushbu sa’y-harakatlar doirasida yo‘l xavfsizligini ta’minlash va zo‘ravonlikning oldini olish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda yetim, kasalmand va nogiron bolalar alohida e’tiborga olinadi.

Shu bilan birga, Jeenbekov Bishkekdagi Milliy Onkologiya va gematologiya markazining bolalar bo‘limiga 2,4 million qirg‘iz so‘mi (35 ming AQSH dollari) ajratgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha