Karvonsaroy

Tojikiston yollar sifati bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi

Karvonsaroy

JENEVA, Shveytsariya – Jahon iqtisodiyot forumining (WEF) 2017-2018-yillar uchun Global raqobatbardoshlik indeksi Tojikistonni yo‘llar sifati bo‘yicha 137 mamlakat ichida 70-o‘ringa loyiq deb topdi.

Tojikiston 7 balldan 4,1 ball olib, Markaziy Osiyoda Qozog‘iston (115-o‘rin) va Qirg‘izistonni (122-o‘rin) ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur reytingda O‘zbekiston tilga olinmagan.

Tojikistondagi aksariyat yo‘llar Sovet ittifoqi parchalanganidan keyin qayta qurilgan. Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati bundan mustasno, u yerda sovet davridan qolgan yo‘llar juda abgor holatda, deb xabar bergan Asia-Plus nashri 4-iyun dushanba kuni.

Rivojlangan infratuzilma iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi, deyiladi WEF hisobotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500