Karvonsaroy

Bishkek “Qishloq xo‘jaligida savdo va investitsiyalar” forumiga mezbonlik qiladi

Karvonsaroy

BISHKEK – AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Bishkekda 5-6-iyun (seshanba va chorshanba) kunlari Qishloq xo‘jaligida savdo va investitsiyalar forumini o‘tkazadi, deb xabar qildi Bishkekdagi AQSH elchixonasi.

Forum qishloq xo‘jaligi sohasidagi 200 ishlab chiqaruvchi, tadbirkorlar, hukumat rasmiylari va investorlarni Qirg‘iziston poytaxtiga jamlaydi, deb xabar beriladi elchixonaning dushanba, 4-iyun kungi bayonotida.

Tadbir ishtirokchilarga “bozor munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, investitsiya imkoniyatlari va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni moliyalashtirishning yangi usullarini o‘rganishga” yordam beradi, deyiladi bayonotda.

Tadbirda yuqori martabali Qirg‘iziston rasmiylari, jumladan, bosh vazir Muhammedqali Abilg‘oziyev, iqtisodiyot vaziri Oleg Pankratov va qishloq xo‘jaligi vaziri Nurbek Murashevlar ishtirok etishi kutilmoqda.

“Forumda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi, davra suhbatlari, biznes uchrashuvlar, USAID agentligining “Agro Horizon” loyihasi erishgan yutuqlar haqidagi fotogalereya va videolavhalar taqdim etiladi”, deyiladi elchixona bayonotida. Ushbu loyiha Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi sektorining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500