Karvonsaroy

Qozog‘istonda davlat ramzlari kuni nishonlandi

Karvonsaroy

OSTONA – Dushanba, 4-iyun kuni Qozog‘istonda davlat ramzlari – bayroq, madhiya va davlat gerbi qabul qilingan kun nishonlandi. Davlat ramzlari Qozog‘iston mustaqillikka erishgan 1992-yilda qabul qilingandi, deb xabar beradi Kazinform.

Moviy rang bayroqda quyosh, burgut va ulug‘vorlikni ifoda etuvchi naqshinkor ustun aks etgan.

Qozog‘istonlik arxitektorlar Jandarbek Malibekov va Shot-Aman Valixanov ijodiga mansub davlat gerbi esa hayot va umrboqiylikni ifoda etadi.

1956-yilda Shamshi Kaldayakov va Jumeken Najimedenov tomonidan yaratilgan “Mening Qozog‘istonim” qo‘shig‘iga asoslangan davlat madhiyasining so‘nggi talqini 2006-yilda qabul qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Zooooooiooooooor

Javob berish