Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-06-05

Qirg‘iziston kontrabandaga qarshi kurash maqsadida doimiy nazorat punktlarini barpo etadi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati noqonuniy tovarlar aylanmasiga barham berish maqsadida mamlakat chegarasi bo‘ylab to‘rtta doimiy nazorat punktini ochish haqida qaror qabul qilishi kutilmoqda, deb xabar berdi 24.kg nashri.

Bu chora-tadbir seshanba, 5-iyun kuni iqtisodiyot vaziri Oleg Pankratov tomonidan parlamentning iqtisodiy va fiskal siyosat bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida e’lon qilindi.

Rejaga ko‘ra, nazorat punktlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga asosan chegara bo‘ylab emas, balki unga yaqin yerlarda joylashtiriladi, dedi u.

Qaror amaliy jihatdan qabul qilib bo‘lingan va rasmiylar hujjatni bir hafta ichida imzolaydilar, deb qo‘shimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha