Karvonsaroy

Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati sobiq bosh vazirni korrupsiyada ayblab hibsga oldi

AFP

BISHKEK – Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) 5-iyun, seshanba kuni sobiq bosh vazir Sapar Isakovni korrupsiya ayblovlari bilan qo‘lga oldi.

40 yashar Isakov sobiq prezident davridagi faoliyati davomida poytaxt Bishkekdagi elektr stansiyasiga sarmoya ajratilishidagi roli borasida to‘rtinchi bor so‘roqqa tutilganidan so‘ng hibsga olingan.

Isakov muhim elektrostansiyaning Xitoyning TBEA kompaniyasi tomonidan modernizatsiya qilinishiga ta’sir ko‘rsatganlikda ayblanmoqda. Elektr stansiyasi ta’mirdan chiqarilganiga qaramay, yanvar oyida harorat pasayib ketishi natijasida ishdan chiqqan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500