Karvonsaroy

O‘lim bilan tugagan kelin o‘g‘irlash holati Qirg‘zistonda noroziliklarga sabab bo‘lmoqda

AFP

BISHKEK – Bishkekda 6-iyun chorshanba kuni mingdan ortiq odam, jumladan, maktab o‘quvchilari kelin o‘girlash odatiga qarshi namoyishga chiqdi. Norozilik 20 yashar ayol politsiya idorasida uni olib qochgan shaxs tomonidan o‘ldirilganidan keyin boshlangan.

Tibbiyot oliygohining 20 yashar talabasi Burulai Turdaali qizi Qirg‘iziston shimolida uni o‘g‘irlagan shaxsga qarshi ko‘rsatma berishga kelgan vaqtida pichoqlangan.

Voqeadan so‘ng, 30 yashar qotil o‘z joniga qasd qilishga uringan, natijada shifoxonaga yetkazilgan.

May oyida sodir etilgan qotillik Birlashgan Millatlar Tashkiloti, huquq himoyachilari va Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov tomonidan qoralandi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq sovet mamlakatlaridagi 24 yoshgacha bo‘lgan qizlarning 13,8 foizi o‘z o‘g‘rilariga turmushga chiqishga majburlar.

Bishkekning asosiy maydonlaridan biriga chiqqan namoyish ishtirokchilari oq sharlar va “biz qizlarning o‘g‘irlanishiga qarshimiz”, “qizlarga baxtli bo‘lish imkonini bering” deb yozilgan shiorlarni ko‘tarib chiqqanlar.

Tashkilotchilarga ko‘ra, namoyishda 1000-1500 kishi ishtirok etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500