Karvonsaroy

BMT taqdim etgan uskunalar qirg‘iz-o‘zbek chegara punktining o‘tkazuvchanligini oshiradi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining xabar berishicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi “Dostuk-Avtodorojniy” nazorat punktining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida yangi uskunalarni taqdim etdi. Bu haqda Kazinform dushanba, 11-iyun kuni ma’lum qildi.

Taqdim etilgan jihozlar nazorat-o‘tkazish punktlaridagi har bir pasport nazorati budkalari uchun kompyuterlar, videokuzatuv qurilmalari va kameralardan iborat.

Qurilmalar tez orada o‘rnatilishi kutilmoqda. Shuningdek, chegara punktidagi pasport nazorati kabinkalari 14 tadan 30 tagacha (kirish va chiqishda 15 tadan) oshiriladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500