Karvonsaroy

Qirg‘iziston milliy bankida kiberxavfsizlik bo‘limi ish boshladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston milliy banki kiberhujumlarning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi yangi bo‘limni tashkil etdi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Bu haqda dushanba, 11-iyun kuni bank raisi Tolkunbek Abdigulov parlamentning qo‘mitasi majlisida ma’lum qilgan.

Abdigulovning so‘zlariga ko‘ra, yangi tashkil etilgan bo‘linma banklarni kiberhujumlardan himoya qilishda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bilan (GNKB) bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi.

Bankning elektron tizimi va mijozlar ma’lumotlarini raqamli hujumlardan himoyalash muhim, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500