Karvonsaroy

Tojikiston chegarachilari uch otishma davomida 62 kg giyohvand moddani qo‘lga oldi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanba kuni Tojikiston chegarachilari va afg‘on narkofurushlari uch marotaba to‘qnashdilar, deb xabar berdi seshanba, 12-iyun kuni Asia-Plus nashri Tojikiston chegara xizmati rasmiysiga tayanib.

Tojikiston chegara qo‘shinlari matbuot kotibi mayor Muhammad Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, ikki to‘qnashuv Hamadoniy chegara posti nazoratidagi hududda sodir bo‘lgan.

Birinchi otishma joyidan qochgan afg‘onistonliklar 15 kg gashish va 1 kg opiy, ikkinchi otishmadan so‘ng esa 7 kg gashish va 4 kg opiyni tashlab ketishgan.

Uchinchi to‘qnashuv Panj chegara posti nazoratida bo‘lgan hududda yuz berdi, bu yerda afg‘onlar 35 kg gashishni tashlab qochganlar.

To‘qnashuvlar natijasida hech bir tojikistonlik jarohatlanmagan, dedi u. Kontrabandachilar safidagi qurbonlar haqida ma’lumot olinmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500