Karvonsaroy

Qirg‘iziston parlamenti rentgen skanerlari va metall detektorlari yordamida xavfsizlikni kuchaytiradi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati mamlakat parlamentidagi xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida rentgen skaner qurilmalari va metall detektorlarini xarid qilish uchun 2,9 mln. qirg‘iz so‘mi (42 ming AQSH dollari) ajratdi, deb xabar beradi 24.kg nashri chorshanba, 13-iyun kuni.

Tizim uncha katta bo‘lmagan yuklar, posilkalar va boshqa buyumlarni skanerlash uchun ishlatiladi. Uning maxsus dasturiy ta’minoti turfa xil materiallarni farqlab, ularni turli ranglar bilan belgilaydi. Bu operatorlar ishini ancha yengillashtiradi.

Metall detektorining o‘tkazuvchanligi 1 daqiqada 60 kishiga teng.

Tenderda g‘olib bo‘lgan kompaniya tez orada tizimni o‘rnatib, u bilan ishlovchi xodimlarni tayyorlashi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500