Karvonsaroy

Tarazdagi qadimiy masjid qayta tiklandi

Karvonsaroy

TARAZ, Qozog‘iston – Jambil viloyati hokimiyati Tarazdagi eng qadimgi masjidni tiklash ishlarini yakunladi. Bu haqda payshanba, 14-iyun kuni viloyat turizm departamentiga asoslanib Kazinform xabar berdi.

Masjid o‘ziga xos turistik obyektga aylanishi va viloyatga sayyohlar oqimini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.

Masjid qoldiqlari 2006-yilda qozoq arxeologlari tomonidan topilgan edi. U Islom dini tarqalgan dastlabki yillarda, VII asrga mansub nestorianlik ibodatxonasi o‘rnida qayta barpo etilgan. Masjidning qurilganiga 10 asrdan oshgan.

Masjid Markaziy Osiyoda islom madaniyatining paydo bo‘lish davriga aniqlik kiritishi bilan ahamiyatlidir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500