Karvonsaroy

Tojikiston va Jahon banki rahbarlari Dushanbeda o‘zaro hamkorlikni muhokama qildilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Sayril Myuller qishloq xo‘jaligi, ta’lim, moliyaviy boshqaruv va tabiiy ofatlarning oldini olish sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilish maqsadida chorshanba, 20-iyun kuni Dushanbeda uchrashdilar.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar, shuningdek, moliyaviy xavflarni kamaytirish maqsadida Tojikiston uchun Jahon bankining imtiyozli kreditlari va grantlari hajmini oshirish xususida so‘z yuritdilar.

Uchrashuvda Rahmon Jahon bankiga Tojikistonning energetika, transport, aloqa va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ko‘magi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500