Karvonsaroy

Durov Rossiya senzurasiga qarshi kurashi uchun qozog‘istonlik jurnalistlar mukofotiga sazovor bo‘ldi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston jurnalistlar uyushmasi payshanba, 21-iyun kuni Rossiyada senzuraga qarshi kurashi uchun Telegram ilovasining ishlab chiquvchisi Pavel Durovni mukofotladi.

Uyushma Durovni “senzuraga va davlat tomonidan fuqarolarning erkin yozishmalariga aralashishiga qarshi qat’iy pozitsiyasi” uchun maqtagan.

Aprel oyida Durov Telegramning shifrlash kalitlarini Rossiya maxsus xizmatlariga taqdim etishdan bosh tortganidan so‘ng, Rossiyaning “Roskomnadzor” senzura agentligi mashhur ilovani sud qarori asosida taqiqlash jarayonini boshlagan edi. Kreml Telegramni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi xabariga ko‘ra, o‘shandan beri Rossiyada Telegramning minglab foydalanuvchilari ishtirokida bir nechta norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Taqiq kuchga kirganidan so‘ng, Rossiyada Telegramdan erkin foydalanish imkonini beruvchi virtual maxfiy tarmoqlardan (VPN) foydalanish darajasi keskin oshgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500