Karvonsaroy

Qirg‘izistonning ikkinchi sobiq bosh vaziri korruptsiyada ayblanib hibsga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Shu hafta avvalida Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Bishkek issiqlik elektrostansiyasi bilan bog‘liq korrupsiya ishi yuzasidan hibsga olingan. Bu haqda mahalliy OAV Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GNKB) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

2012-2014-yillarda hukumatga rahbarlik qilgan Jantoro Satibaldiyev dushanba, 18-iyun kuni hibsga olingan, deb xabar berdi GNKB. U jinoyatga sherik bo‘lish va korrupsiyada ayblanmoqda.

Satibaldiyev va boshqa bir qator mansabdor shaxslar 2013-yilda mamlakatdagi asosiy elektrostansiyani modernizatsiya qilishni Xitoyning TBEA kompaniyasiga olib berishda ayblanganlar. Yanvar oyida haroratning keskin tushib ketishi oqibatida mazkur elektr stansiyasi ishdan chiqib, Bishkekda yashovchi minglab aholini bir necha kunga sovuqda qoldirgan edi.

Ushbu holat bo‘yicha, shuningdek, Bishkek shahrining sobiq hokimi va sobiq energetika vaziri, 2017-yil apreldan 2018-yil aprelgacha bosh vazir lavozimida ishlagan Sapar Isakov ham hisbga olingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500