Karvonsaroy

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo hajmi 2018-yilning dastlabki 5 oyida ikki barobar oshdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 2018 yilning dastlabki besh oyi davomida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan ikki barobar oshgan. Bu haqda juma, 22-iyun kuni Asia-Plus nashri Tojikiston davlat statistika qo‘mitasiga tayanib xabar tarqatdi.

Yanvar-may oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 94 million dollarga teng bo‘ldi. Bu raqam Tojikiston eksportida 54 million dollarni, O‘zbekistonnikida esa 40 million dollarni tashkil etgan.

1991-yilda SSSR parchalanganidan beri ilk marotaba o‘zaro savdo balansida ijobiy saldo qayd etildi.

Ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar 2016-yilda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti bo‘lganidan so‘ng mustahkamlangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500