http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/06/25/newsbrief-02

O‘tgan yili Qirg‘izistonda 2 militsiya xodimi qiynoqlar qo‘llashda ayblangan

Karvonsaroy

BISHKEK – 2017-yilda qirg‘izistonlik 2 nafar militsiya xodimi qiynoqlar qo‘llashda ayblanib, javobgarlikka tortildi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV shtab boshlig‘i Jo‘ldoshbek Hamzanov 25-iyun, dushanba kuni Bishkekda qiynoqlarga barham berish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbatida ma’lum qildi, deb xabar beradi 24.kg sayti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili IIV Bosh prokuraturaga qiynoqlarga oid uchta jinoiy ish jo‘natgan.

Mazkur jinoiy holatlarning uchtasida 6 nafar militsiya xodimi qiynoqlar qo‘llashda ayblangan, ulardan 2 nafari javobgarlikka tortilgan.

IIV qiynoqlarning oldini olishga qaratilgan sa‘y-harakatlarini kuchaytirmoqda, dedi u. Har bir militsiya bo‘limida fuqarolar “militsiya xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari to‘g‘risida” xabar berishi mumkin bo‘lgan ishonch telefonlari ishlamoqda.

“IIV qamoqxonalarida videokameralar o‘rnatilmoqda”, dedi u. “Jami 217 shunday kamera o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 6 tasini onlayn kuzatish mumkin”.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha