Karvonsaroy

Qirg‘izistonlik deputat kelin o‘g‘irlashga qarshi qonunni ijro etishga chaqirmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonning “Ata Meken” partiyasi a’zosi, deputat Aysuluv Mamasheva mamlakatda kelin o‘g‘irlash odatiga qarshi qonunlar ijrosi juda sust ekanligi haqida bong urmoqda.

Bishkekda gender va oilaviy zo‘ravonliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan anjumanda chiqish qilarkan, u qonun 2015-yilda kuchga kirganidan beri bu bo‘yicha bor-yo‘g‘i bir kishi javobgarlikka tortilganini aytdi. Bu haqda seshanba, 26-iyun kuni 24.kg sayti xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muammo qonunda emas, balki uning ijrosida.

2019-yilda mamlakatda yangi jinoyat kodeksi kuchga kirishini eslatar ekan, u Qirg‘iziston ijro etiladigan qonunlarnigina ishlab chiqishi zarurligini ta’kidladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500