Karvonsaroy

Qirg‘iziston va Qozog‘iston parranda grippi tufayli Rossiyadan parranda go‘shti importini taqiqladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston Rossiyaning uchta viloyatidan parranda go‘shti importini taqiqladi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat veterinariya va fitosanitariya nazorati inspeksiyasi rahbari Kalisbek Jumakanov 27-iyun kuni parlamentdagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar beradi AKIpress.org sayti.

Taqiq 26-iyundan e’tiboran kuchga kirgan. Jumakanov ushbu mintaqalarda parranda grippi tarqalganini aytdi.

26-iyun kuni, shuningdek, Qozog‘iston ham xuddi shu sabab – parranda grippi virusi tufayli Rossiyadan parranda g‘oshti va parrandachilik mahsulotlari importiga taqiq joriy etgandi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500