Karvonsaroy

Tojikiston va Afg‘oniston Panj daryosi uzra ko‘prik barpo etadi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston va Afg‘oniston Panj daryosini kesib o‘tuvchi va Tojikistonning Xatlon viloyatini Afg‘onistonning Taxar viloyati bilan bog‘lovchi yangi ko‘prik qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi payshanba, 28-iyun kuni Asia-Plus nashri Tojikiston hukumatidagi manbaga tayanib.

Shu kungacha Panj daryosi orqali ikki davlatni bog‘lab turuvchi 5 ta ko‘prik foydalanishga topshirilgan.

180 metr uzunlikdagi ko‘prik qurilishi kelasi yilda boshlanadi va tor‘t yil ichida qurib bitkazilishi kutilmoqda, deb qo‘shimcha qiladi manba.

“Ko‘prik qurilishini moliyalashtirish uchun Yevropa Ittifoqi beg‘araz yordam sifatida 16 million yevro (169,9 million somoniy) ajratadi”, dedi u.

Bundan tashqari, YI rasmiylari va Og‘a Xon taraqqiyot tarmog‘i vakillari 24-iyun, yakshanba kuni Kobulda transchegaraviy savdoni rivojlantirish hamda Afg‘oniston va Tojikiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish uchun birgalikda 16 million AQSH dollariga (146,6 million somoniy) teng mablag‘ ajratish haqida e’lon qildilar, deb xabar berdi TOLOnews.

Mazkur beg‘araz yordam evaziga Afg‘oniston va Tojikiston uchun uzoq muddatli ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish loyihasi bo‘lgan Mintaqaviy iqtisodiy taraqqiyot uchun hamkorlik va imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ham ishga tushiriladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500