Karvonsaroy

Qozog‘iston xorijlik bemorlar uchun radiojarrohlikni taklif etmoqchi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston 2019-yilda tibbiyotga oid sarf-xarajatlarni kamaytirish va tibbiy sayyohlikni rivojlantirish maqsadida saratonni innovatsion davolashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi 2-iyul, dushanba kuni Kazinform nashri.

Miyyadagi kichik o‘simtalarni olib tashlashda tig‘ o‘rniga yuqori darajada yo‘naltirilgan radiatsiyani qo‘llovchi radiojarrohlikni tatbiq etish rejalashtirmoqda, deydi Qozog‘istonning neyrojarrohlar uyushmasi prezidenti Serik Akshulakov.

U o‘z mulohazalarini dushanba kuni Ostonadan bo‘lib o‘tgan Qozog‘istonning neyrojarrohlar kongressi doirasida bildirib o‘tdi.

Kompyuter tomonidan gamma tig‘ yordamida amalga oshirilgan jarrohlikdan so‘ng, bemorlar 30-40 daqiqa ichida shifo topadilar, dedi u.

Bunday jarrohlik uchun bemorlarni chet elga yuborish uchun 20 ming yevrodan 50 ming yevrogacha ketishi mumkin (7,9 milliondan 19,8 million tengegacha), dedi Akshulakov. Agar kerakli uskunalar sotib olinsa, bunday amaliyotni Qozog‘istonda olib borish ancha arzonga tushadi.

Radiojarrohlikni tatbiq etish “tibbiy sayyohlar sonini ikki karra oshirishi” mumkin, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500