Karvonsaroy

Qirg‘izistonda davlat xizmatchlarining korrupsiyaga aloqadorligi tekshirilmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – 1-iyul, yakshanba kuni korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi doirasida Qirg‘izistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga aloqadorligini tekshirish boshlandi, deb xabar berdi 24.kg nashri.

Dastlabki tekshiruvlar siyosiy mansabdorlar, jumladan prezident idorasi, ijro etuvchi organ va parlament a’zolariga nisbatan qo‘llaniladi. Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayevning aytishicha, ular o‘z daromadlari va xarajatlari haqida hisobot berishlari kerak bo‘ladi.

Tekshirish natijalari sentabr va oktabr oylarida ommaga e’lon qilinadi.

Prezident Sooronbay Jeenbekov Xavfsizlik Kengashini barcha davlat xizmatchilarini istisnosiz tekshirishga chaqirdi.

“Har bir vazirlik va idora, har bir shaxs alohida korrupsiya sxemalari bo‘yicha tekshirilsin”, degan Jeenbekov.

“Fuqarolar hukumatdan korrupsiyaga barham berish bo‘yicha qat’iy choralarni kutishmoqda. Xavfsizlik Kengashi kotibiyati jamoatchilik tomonidan olingan har bir ariza va xatni o‘rganishi va uning ustida ishlashi, tekshiruv olib borishi va tegishli chora ko‘rishi zarur”, dedi u.

“Korrupsiyaga qarshi kurash mansab va lavozimga qaramay, ayovsiz olib borilishi kerak”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500