Karvonsaroy

Farzandini maktabdan to‘sgan qirg‘izistonlik ota-onalar javobgarlikka tortildi

Karvonsaroy

ISSIQKO‘L, Qirg‘iziston – Ekstremistik harakatning bir necha a’zosi farzandlarini maktabga berishdan bosh tortgani sababli Issiqko‘l tumani sudi tomonidan jazoga tortildi, deb xabar berdi 24.kg nashri, dushanba, 2-iyul kuni.

Sudlanganlar o‘tgan yili Bishkek sudi tomonidan ekstremistik deb topilgan “Yaqin inkor” oqimi a’zolaridir. Tuman prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, ular farzandlariga maktabga borish, ko‘chaga chiqish va telefondan foydalanishni taqiqlaganlar.

Ayblanuvchilar avvalroq bolalarning umumiy ta‘lim olish huquqini buzganligi uchun jarimaga tortilgan. Ular o‘z majburiyatlarini bajarmagach, prokuratura uchta jinoiy ish ochib, ota-onalarni voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalashda o‘z majburiyatlarini bajarmaganlikda va sud qaroriga bo‘ysunmaganlikda aybladi.

Sud ota-onalarni aybdor deb topib, otalarni 1-2 yilga axloq tuzatish koloniyasiga jo‘natgan, onalar uchun esa jazo kechiktirilgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, “hozirning o‘zida ikkita bola maktabga qatnamoqda, qolganlari esa 1-sentyabrdan o‘qishni boshlaydi. Ota-onalarning o‘z majburiyatlarini bajarishi doimiy kuzatuvda”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500