Karvonsaroy

Rossiya Ukraina mahsulotlarining Markaziy Osiyoga tranzitini taqiqlashda davom etmoqda

Karvonsaroy

MOSKVA – Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29-iyun kungi farmoni bilan Ukrainaning Markaziy Osiyoga mahsulot eksport qilishini taqiqlovchi embargo muddatini uzaytirar ekan, Kremlning mintaqada iqtisodiy taraqqiyot va savdoni nazorat qilishga urinayotganini yana bir karra namoyish etdi, deb xabar beradi EurasiaNet.

Putinning farmoniga ko‘ra, taqiq 2019-yilning 1-yanvariga qadar davom etadi. Ushbu farmon imzolanmagan taqdirda, embargo muddati 30-iyun kuni o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi.

Taqiq 2016-yilning 1-yanvar kuni, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi boshqaruvidagi erkin savdo hududiga qo‘shilganiga javoban joriy etilgan. Ushbu chora o‘z tovar va mahsulotlarini Markaziy Osiyoga yuborishga urinayotgan ukrainalik eksportchilarga nisbatan logistik va ma’muriy cheklovlarni ko‘zda tutadi.

2016-yilda Ukraina ayni masala yuzasidan Jahon savdo tashkilotiga (JST) shikoyatnoma yo‘llagan va Markaziy Osiyoga muqobil yo‘nalish, shu jumladan, Kavkaz orqali yo‘l qidirgan edi. Biroq, Markaziy Osiyoga Rossiya orqali o‘tuvchi yo‘l yuklarning o‘z manziliga ortiqcha ovoragarchiliksiz yetib borish imkoniyatini berar edi.

JSTga yo‘llangan shikoyatlar shu kunga qadar hech qanday natija bermagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500