Karvonsaroy

Olmaota va Issiqko‘l o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qozog‘iston va Qirg‘iziston Olmaota va Issiqko‘l viloyatlarini bog‘lovchi muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Kazinform axborot agentligi 3-iyul, seshanba kuni Bishkek yaqinidagi Manas xalqaro aeroporti matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Ilk 51 nafar sayyoh dushanba, 2-iyul kuni Tomchi qishlog‘idagi Issiqko‘l xalqaro aeroportiga yetib kelgan.

Reyslar “Qazaq Air” aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marta – dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Issiqko‘l Qirg‘izistondagi eng ommabop turistik maskan hisoblanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500