Karvonsaroy

Mirziyoyev Tojikiston bilan chegara delimitatsiyasiga oid kelishuvga imzo chekdi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi bahsli chegara uchastkalarini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, deb xabar beradi payshanba, 5-iyun kuni Asia-Plus sayti.

O‘zbekiston parlamentining quyi palatasi bitimni 31-may kuni ratifikatsiya qilgandi. Senat uni 28-iyun kuni ma’qullagan.

Ayni kelishuv 19-aprel kuni Tojikiston parlamentida ratifikatsiyadan o‘tgan edi.

Hujjatda faqat Tojikistonning So‘g‘d va O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatlari tutashgan hududdagi 2 kilometrlik chegara uchastkasining maqomi noaniq qolgan.

Ushbu masala Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning kuzda O‘zbekistonga qilajak safari davomida hal etilishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500