Karvonsaroy

Ostonada radioni rivojlantirish bo‘yicha anjuman o‘tkaziladi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston Osiyoda radioni rivojlantirish bo‘yicha anjumanga mezbonlik qiladi, deb xabar beradi payshanba, 5-iyul Kazinform axborot agentligi.

Osiyo media-muloqoti Ostonada 5-8-iyul kunlari Ostonada o‘tkaziladi. Ushbu tadbir Ostona Qozog‘iston poytaxti deb e’lon qilinganining 20 yillik sanasiga to‘g‘ri kelmoqda.

OAV rasmiylari turli seminar va anjumanlar davomida Yevropa va Osiyo media bozorlarida radiostansiyaga asos solish va auditoriyani o‘rganish sohasidagi eng ilg‘or tajribani muhokama qiladilar.

Anjumanda, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani teleradio uzatuvchilar uyushmasi tomonidan tashkillashtiriladigan ABU radio qo‘shiqlari festivali ham o‘tkaziladi.

Anjuman Qozog‘iston Axborot va aloqa vazirligi, ATBC va “KazMedia o‘rtaligi” tomonidan Ostona konvensiyasi byurosi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Konferensiya doirasidagi ayrim tadbirlar Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy va boshqa Yevropa hamda Osiyo davlatlarining milliy teleradio uzatish kompaniyalari rahbarlari ishtirokida o‘tishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500