Karvonsaroy

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi: kelin o‘g‘irlash jazosi qat‘iylashtirilishi kerak

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi kelin o‘g‘irlaganlik va turmush qurishga majburlaganlik uchun og‘irroq jazo belgilashni taklif qildi, deb xabar berdi 6-iyul, juma kuni AKIpress nashri.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 17 yoshdan kichik qizlarni o‘g‘irlaganlik uchun 10 mingdan 50 ming tengegacha (146-731 AQSH dollari) jarima va 2 yillik axloq tuzatish ishlari yoki besh yillik qamoq jazosi belgilangan. Balog‘at yoshiga yetgan ayolni turmush qurishga majburlash maqsadida o‘g‘irlash uchun esa 3 yillik qamoq jazosi va 10 mingdan 20 ming tengegacha (146-252 AQSH dollari) jarima belgilangan.

Agar qonun chiqaruvchi organ Ichki ishlar vazirligi taklif qilgan Jinoiy kodeksga o‘zgartishlarni qabul qilsa, u holda balog‘atga yetmaganlarni o‘g‘irlaganlik uchun 100000-300000 tenge (1460-4300 AQSH dollari) miqdoridagi jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Yoshi kattalarning o‘g‘irlanishi uchun jarima esa 100000-200000 tenge (1460-2900 AQSH) etib belgilanadi.

O‘tgan yili majburiy nikoh bilan bog‘liq sudga yuborilgan 28 ta jinoiy ishning 11 tasi bekor qilingan, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligi. Shulardan 16 tasida sudlanuvchi shartli jazo olgan va faqat bir kishi besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500