Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-09

Qirg‘iziston viloyatlarni rivojlantirish uchun ko‘proq investitsiya jalb etmoqchi

Karvonsaroy

ISSIQKO‘L, Qirg‘iziston – 2023-yilgacha viloyatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Qirg‘izistonga kiritiladigan bevosita investitsiyalarning yillik hajmi 300 mln. AQSH dollariga (20,5 mlrd. qirg‘iz so‘mi) yetishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Muhammedkali Abilg‘oziyev ma’lum qildi, deb xabar beradi dushanba, 9-iyul kuni 24.kg nashri.

Bosh vazir bu haqda Issiqko‘l viloyatiga amalga oshirgan 2 kunlik ishchi tashrifi chog‘ida gapirgan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar viloyatlarni rivojlantirishda asosiy manbaga aylanishi kerak, dedi u.

Investitsiyalar Bishkekdan alohida, ko‘rsatkichlari va ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqqan holda viloyatlarga taqsimlanadi, dedi Abilg‘oziyev.

Abilg‘oziyevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Jalolobod, O‘sh va Issiqko‘l viloyatlariga moliyaviy yordam ajratish bo‘yicha Jahon banki bilan muzokaralar olib borilmoqda.

“Hozirgi kunda biz viloyatlarda mavjud xom-ashyo zaxirasini hisobga olgan holda ishlab chiqarish quvvatlarini taqsimlashimiz kerak”, dedi u. “Biz xususiy sektor bilan yaqindan hamkorlik qilishimiz lozim. Kichik va o‘rta biznes ulushi yalpi ichki mahsulotning 40 foizini tashkil etmoqda, 2023-yilga qadar ushbu ko‘rsatkichni 50 foizga yetkazish talab etiladi”.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha