Karvonsaroy

Tojikistonda imkoniyati cheklanganlar uchun sport musobaqalari tashkil etilmoqda

Karvonsaroy

BO‘STON, Tojikiston – Tojikistonda nogironlar kuni munosabati bilan 5-8-iyul kunlari So‘g‘d viloyatining Bo‘ston shahrida tashkil etilgan sport musobaqalarida 100 ga yaqin imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirok etdi, deb xabar beradi Asia-Plus dushanba (9-iyul) kuni.

Xo‘jand va Bo‘ston shaharlari, shuningdek, B. G‘ofurov, Matchin va Spitamen tumanlaridan kelgan sportchilar armrestling, stol tennisi, nogironlar aravachasida futbol va poyga musobaqalarida bellashdilar.

Tojikiston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 150 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan fuqarolar istiqomat qiladi, ulardan 25 ming nafari – bolalar.

2016-yilda Tojikiston 2017-2020-yillarda imkoniyati cheklangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ularning huquqlarini muhofazalashga qaratilgan milliy dasturni qabul qilgan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mart oyida Nyu-Yorkda nogironlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha BMT konvensiyasini imzolagan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500