Karvonsaroy

Qozog‘iston va O‘zbekiston banklari hamkorlik bitimini imzoladi

Karvonsaroy

OLMAOTA – Qozog‘iston milliy banki seshanba, 10-iyul kuni O‘zbekiston Markaziy banki bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi, deb xabar beradi Kazinform.

“Bugun biz bank sohasi faoliyatini tartibga solishda axborot almashinuviga oid shartnomani imzoladik. Ushbu hujjat Qozog‘iston banklariga O‘zbekistonda filiallar ochish imkonini beradi”, dedi Qozog‘iston milliy banki raisi Daniyar Akishev Olmaotada shartnoma imzolanishi munosabati bilan o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

Shartnomaga muvofiq, banklar har ikki mamlakat bank sektoriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangiliklar, shuningdek, ularning huquqiy va me’yoriy asoslari to‘g‘risida axborot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qozog‘istonning “Xalq banki” O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirgan, dedi Akishhev. U har ikki mamlakatdagi boshqa banklar ham qo‘shni mamlakatda sho‘ba korxonalarini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishiga umid qilayotganini aytdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500