Karvonsaroy

O‘zbekistonda BMTning Markaziy Osiyoga oid rezolyutsiyasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkaziladi

Karvonsaroy

TOSHKENT – 12-iyul, payshanba kuni Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoni rivojlantirishga oid rezolyutsiyasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkaziladi. Bu haqda dushanba, 9-iyul kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lum qildi.

BMT Bosh assambleyasi 22-iyun kuni “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” deb nomlangan rezolyutsiyani qabul qilgandi.

Davra suhbatida deputatlar, vazirliklar va boshqa tashkilotlar vakillari hamda xorijiy diplomatlar BMT hujjatining ahamiyatini muhokama qiladilar.

Tahlilchilar va hukumat mulozimlari ushbu masalada mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan ham fikr almashadilar.

Tadbir O‘zbekiston davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ko‘magida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500