Karvonsaroy

2020-yilda Qirg‘izistonda aholi va uy-joy fondlari ro‘yxatga olinadi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati 2020-yilning 23-martidan 1 apreliga qadar aholini ro‘yxatga olishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi AKIpress chorshanba 11-iyul kuni.

Ro‘yxatga oluvchilar mamlakat aholisi va uy-joy fondlarini hisoblab chiqadilar, deb xabar beradi 24.kg nashri aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha milliy komissiya ma’lumotlariga tayanib.

Ro‘yxatga olish jarayonida ilk marotaba “xorijda mehnat qilayotgan migrantlar va imkoniyati cheklangan fuqarolarning aniq soni” hisoblab chiqiladi, dedi Milliy statistika qo‘mitasi raisi Oqilbek Sultonov.

Tizimni tekshirib ko‘rish maqsadida 2019-yilda Chuy viloyatida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish mo‘ljallanmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

aniq sonini kiritinglar

Javob berish

Yomon chiqan yaxshiroq fikr yozingla

Javob berish