Karvonsaroy

Qozog‘iston va Shveytsariya o‘rtasida iqtisodiy-sarmoyaviy sohadagi hamkorlik muhokama etildi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev chorshanba, 11-iyul kuni Ostona shahrida Shveytsariya federal maslahatchisi Yoxann Shnayder-Ammann bilan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Sagintayevning matbuot xizmati.

Rasmiylar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalar, jumladan, qo‘shma investitsiyalar va mintaqalararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Sagintayev Qozog‘istonning energetika, transport, kichik va o‘rta biznes sohalarida hamkorlik qilish istagi borligini bildirar ekan, mamlakatda xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay muhit yaratilganini ta‘kidladi.

Sagintayev Shveytsariya moliya institutlarini yaqinda ochilgan Ostona xalqaro moliya markazi bilan hamkorlikda ishlashga chaqirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500